Савол жавоб майдони

Хуш келибсиз Guest 

Кўрсатиш/Яшириш Сарлавҳаларни

Хуш келибсиз мехмон! Бу форумда савол қолдириш учун рўйхатдан ўтиш талаб қилинади.





Саҳифалар: [1]
Муаллиф Мавзу: aka uka quda bulishi
jon
Новичок
Св-Жв: 15
Permalink
Post aka uka quda bulishi
        February 5, 2015, 10:28
Иқтибос

Аssalamu aleykum aka uka opa singil quda bulishi mumkinmi.

turkiston.-
net
Administrator
Св-Жв: 676
Permalink
Post Re: aka uka quda bulishi
        February 5, 2015, 16:49
Иқтибос

Va alaykum assalom!
Aka-ukalar quda bo'lishi mumkin, faqat boshqa tomondan maxram bo'lib qolmagan bo'lsa, m: emikdosh bo'lib.

“Ali R.A. Rosululloh S.A.V.ga Hamza R.A.ni qizini olishlikni taklif qilganda, u mening emikdosh akamning qizi-deb rad qilgan”. Ya'ni amakimning qizigina bo'lganda boshqa gap edi, u qiz emikdosh maxramimda, deb javob berganlar.
Alloh Taolo dedi:
-“Ey Payg'ambar, albatta Biz siz uchun haqqi-mahrlarini bergan juftlaringizni, Alloh sizga (jangu jadallarda) o'lja qilib bergan qo'l ostingizdagi cho'rilaringizni, siz bilan birga hijrat qilgan amakingizning qizlarini va ammalaringizning qizlarini, tog'angizning qizlarini va xolalaringizning qizlarini yana (har qanday) mo'mina ayolni — agar u o'zini Payg'ambarga hadya etsayu, Payg'ambar uni (haqqi mahr bermay) o'z nikohiga olishni istasa (mazkur ayollarning barchasini Biz siz uchun) halol qildik. (O'zini hadya etgan ayolga haqqi mahrini bermasdan uylanish ijozati) mo'minlar uchun emas, xolis siz uchundir. Biz (mo'minlarga) juftlari va qo'l ostilaridagi cho'rilari xaqida farz qilgan hukmlarimiz esa aniq ma'lumdir. Toki sizga tanglik bo'lmasligi uchun (Biz sizga mazkur imtiyozlarni berdik). Alloh mag'firatli va mehribon bo'lgan zotdir”. [33:50]
Alloh Taolo dedi:

Sizlar uchun onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, holalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, qaynonalaringiz, jinsiy aloqada bo'lgan hotinlaringizning tarbiyangizda bo'lgan qizlari (mana shu sanab o'tilgan ayollarga uylanish harom qilindi) — agar hotinlaringiz bilan jinsiy aloqada bo'lmagan bo'lsangiz (ularni taloq qilgandan keyin avvalgi erlaridan tug'ilgan qizlarga uylansangiz) sizlar uchun gunoh yo'qdir. Yana o'z pushti kamaringizdan bo'lgan o'g'illaringizning hotinlariga (uylanishingiz) hamda opa-singilni-jamlashlaringiz (ya'ni birini taloq qilmay turib boshqasiga uylanishlaringiz harom qilindi). Magar ilgari o'tgan bo'lsa (Alloh afv etar). Albatta Alloh mag'firatli va mehribon bo'lgan zotdir. Yana erlik ayollar (ham harom qilindi). Magar (urush-janglarda) ega bo'lgan cho'rilaringiz haloldir.
I z o h . O'sha davrning odatiga ko'ra urushda asir tushgan erkaklar qulga, ayollar esa cho'riga aylantirilar edi. Ba oyati karimada garchi asira bo'lgan ayolning o'z vatanida eri qolgan bo'lsa-da, ma'lum muddat idda saqlagach, hojasi uchun halol bo'lib qolishi uqtirilmoqda.
(Bu hukmlarni) Alloh zimmangizga farz qilib qo'ydi. Mana shulardan boshqa ayollarga zino qiluvchi bo'lmagan holingizda mollaringizni mahr qilib berish bilan uylanishga harakat qilish sizlar uchun halol qilindi. Ular bilan nikoh orqali yaqinlik qilishingiz bilan belgilangan mahrlarini beringiz! Mahr belgilanganidan keyin o'zlaringiz kelishib olishingizda (ya'ni ular o'z ixtiyorlari bilan haqqi mahrlaridan kechib yuborishlarida) sizlar uchun gunoh yo'qdir. Albatta Alloh bilim va hikmat egasi bo'lgan zotdir. [4:23-24]
Shuningdek opa singillarni xam quda bo'lishi sharan mumkin

Саҳифалар: [1]
Mingle Forum by cartpauj
Version: 1.0.34; Page loaded in: 0.039 seconds.